Toshkent yer usti metrosi harakatining boshlanish vaqti o‘zgardi
Bunga taʼmirlash ishlari sabab bo‘lgan.

Toshkent metropoliteni Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida yangi metro bekatlarining qurilishi bilan bog‘liq qurilish, taʼmirlash ishlari tungi belgilangan vaqt oralig‘ida bajarilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, “Yer usti halqa yo‘li” metro yo‘nalishida belgilangan tartibda soat 05:00 dan emas soat 07:10 dan poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.
“Hozirda mavjud metro yo‘nalishlarda poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirmoqda”, — deyiladi xabarda.







