Xitoy elitasi Amerika dorisini ommaviy sotib olmoqda
Bu mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan koronavirusga qarshi yagona xorijiy preparat hisoblanadi.

Xitoyda koronavirus epidemiyasining yangi to‘lqini fonida mahalliy partiya va biznes elitasi Amerikaning «Pfizer» korporatsiyasining anti-kovid preparati «Paxlovid»ni ommaviy ravishda sotib olmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu preparat Xitoy hukumati tomonidan mamlakatda foydalanish uchun tasdiqlangan COVID-19ʼga qarshi yagona xorijiy dori hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash amaldorlari va biznes egalari ota-onalari, oilasi yoki do‘stlarini himoya qilish uchun katta miqdordagi tabletkalarni yuqori narxlarda sotib olishmoqda.
Xitoyning ayrim xususiy klinikalari «Paxlovid»ni har bir qutisi uchun 8300 yuanga (1200 dollar) narx belgilagan.







