O'zbekiston

Buxoroda ko‘p qavatli uy qulab tushgani aytildi

Holat yuzasidan rasmiylar izoh berdi.

Buxoroda ko‘p qavatli uy qulab tushgani aytildi

 

Buxoro shahrining Ibn Sino yoqasidagi ko‘p qavatli qurilishi tugallanmagan binoning 7-qavatidagi beton plitalarning qulab tushdi. Holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi  maʼlumot berdi.

 

Hodisa joriy yilning 27-dekabr kuni soat 22:55 larda yuz bergan. Holat yuzasidan zudlik bilan Buxoro shahar hokimi tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilib, uning tarkibiga FVB, IIB, prokuratura, qurilish inspeksiyasi va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari jalb etilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bino beshinchi qavatga qadar pishiq g‘isht, oltinchi va yettinchi qavatlari gazoblok terish yo‘li bilan qurilgan. Yettinchi qavat tom yopmasi beton plitalari ostida bo‘lgan temir beton belgilangan mustahkamlikka ega bo‘lmagan to‘sin (rigelga) ortiqcha yuklanishni berilishi sababli  rama konstruksiyaning to‘sin (rigel) qismida buzilish yuzaga kelgan.

 

Binoning asosiy qismi, oltinchi qavat temir beton regillari va beton plitalar mustahkamlik darajasini yo‘qotmagan, shu vaqtning o‘zida quruvchi tomonidan egilgan beton plitalar xavfsiz joyga tushirilib, xavf bartaraf etilgan.

 

Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda binoda quruvchilar bo‘lmagan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda ko‘p qavatli uy qulab tushgani aytildi | Zamon.uz