Jahon

Iqtisodchilarning prognozi yo‘qqa chiqdi

Rossiya iqtisodiyoti 2022-yilda qanday omon qoldi?

Iqtisodchilarning prognozi yo‘qqa chiqdi

 

Keng qamrovli urushning dastlabki haftalaridayoq Rossiya o‘ziga qarshi kiritilgan sanksiyalar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi.

 

Oqibatda RF xalqaro zaxiralarining yarmini yo‘qotdi, auksionda dollar kursi bir muddat 130 rubldan oshdi, do‘konlarda navbatlar va bo‘sh javonlar paydo bo‘ldi. Mart oyi boshida Rossiya Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ekspertlar yalpi ichki mahsulotning 8 foizga tushishini, yillik inflyatsiya 20 foizdan oshib ketishini va dollarning o‘rtacha yillik kursi 110 rublni tashkil etishini taxmin qilgandi. Ammo bularning hech biri sodir bo‘lmadi. Xo‘sh, Rossiya iqtisodiyoti 2022 yildan qanday omon qoldi va 2023 yilda uni nimalar kutmoqda?

 

Sanksiyalar natija berdimi?

 

Urush boshlanganidan so‘ng ko‘plab taniqli ekspertlar sanksiyalar kiritilgandan keyin bir necha oy o‘tgach, Rossiya iqtisodiyoti eng chuqur inqirozga duchor bo‘lishini aytishdi. Biroq RF hukumati misli ko‘rilmagan choralarni qo‘lladi, bu ularga imkon qadar ko‘proq valyutani mamlakat ichida saqlashga va banklarda aylanishni to‘xtatishga imkon berdi.

 

Lekin eng ko‘p yordam bergan vosita eksport daromadlari edi. Mart oyining oxiriga kelib, eksportdan tushayotgan daromad ko‘pligi, xorij valyutasiga bo‘lgan barcha joriy ehtiyojlarni qoplash uchun yetarli ekanligi maʼlum bo‘ldi. Bunga Rossiya bosqinining dastlabki oylaridagi sanksiyalar uglevodorodlar eksportiga deyarli taʼsir qilmagani yordam berdi: o‘shanda faqat Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftiga embargo qo‘ygan, ammo u yerda yetkazib berish avvaldan yirik hajmda bo‘lmagan. Yevroittofoq esa Rossiya neft va gazini sotib olishni davom ettirdi.

 

Natijada 2022 yil mart oyida Rossiyaning Urals neftining bir barreli o‘rtacha 90 dollardan oshdi. Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi oy oxirida neft va gazdan oyiga 1,2 trillion rubl miqdorida rekord darajadagi daromadlar haqida xabar berdi. Aprel oyida esa yangi rekordga erishildi — neft va gazdan 1,8 trln rubl ishlab olindi. Iqtisodiyot tom maʼnoda neft va gaz eksportidan tushgan pul bilan quvvatlandi.

 

Shu bilan birga, import hajmi Rossiyaga maʼlum tovarlarni yetkazib berishni taqiqlovchi sanksiyalar va xorijiy kompaniyalarning Rossiya bozoridan mustaqil ravishda chiqib ketishi hisobiga qisqara boshladi. Yevropa tadqiqot markazining tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyida Rossiya tashqi savdosining to‘rtdan uch qismini tashkil etuvchi mamlakatlardan import 2021 yil martiga nisbatan 40 foizdan ko‘proqqa kamaydi.

 

Aprel oyida importning qulashi davom etdi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, u 50 dan 80 foizgacha qisqargan. Hali ham aniq maʼlumotlar yo‘q: 24 fevraldan so‘ng Rossiya darhol o‘z savdo statistikasini eʼlon qilishni to‘xtatgan.

 

Rossiya eksportdan faol daromad olayotgan edi, lekin topganini sarflay olmadi. Odatda inqirozlar paytida vaziyat teskari bo‘ladi: tovarlar bor, lekin ularni sotib olish uchun yetarli daromad yo‘q.

 

Iyun oyiga kelib, tahlilchilarning prognozlari biroz optimistik bo‘la boshladi. Biroq yozda ular hali ham yalpi ichki mahsulotning sezilarli darajada (7,7 foizga) pasayishini kutishgan. Bu katta pasayish: 1998 yilda Rossiyada defolt sodir bo‘lganda, YAIM 5,3 foizga, global moliyaviy inqiroz oqibatlarini his qilgan 2009 yilda esa 7,8 foizga kamaygandi.

 

Biroq yil oxiriga kelib, yana noto‘g‘ri hisob-kitob bo‘lgani maʼlum bo‘ldi: pasayish yarim yoki hatto uch barobar kamroq bo‘ladi.

 

“Bloomberg  Esonomiss”ning Rossiya bo‘yicha bosh iqtisodchisi Aleksandr Isakov noto‘g‘ri hisob-kitob haqida gapirdi.

 

Birinchidan, 2014-2015 yillardagi sanksiyalar tajribasi ekstrapolyatsiya qilindi. Yirik kompaniyalar va banklar bir necha yillar oldin xorijiy moliya bozorlariga kirish imkoniyatini yo‘qotgan va yangi sanksiyalar ko‘pincha qo‘llanish obyektiga ega bo‘lmagan.

 

Yana bir xato — noto‘g‘ri tarixiy o‘xshatish. Ko‘pchilik kutilgan samarani Eronga nisbatan sanksiyalarning erta taʼsiri bilan solishtirgan. Oxirgi uch chorak tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Rossiya trayektoriyasi 1980 yillardagi Janubiy Afrika tajribasiga yaqinroq bo‘lib, ishbilarmonlik faolligining biroz pasayishi, chet ellik o‘yinchilarning ketishi tufayli raqobatning pasayishi va samaradorliksiz daromadning oshishi. Ammo, asosiysi, yalpi ichki mahsulot statistikasi Rossiyada turmush darajasining pasayishini har qachongidan ham yomonroq aks ettiradi.

 

2023 yilda iqtisodiyotni nimalar kutmoqda?

 

Rossiyalik iqtisodchilarning prognoziga ko‘ra, 2023 yilda yalpi ichki mahsulot bu yilgidan sezilarli darajada (2-3 foiz o‘rniga 6,5 ​​foizga) pasayadi. Sabablari bir xil — isteʼmol talabining qisqarishi, sarmoya va eksport salohiyatining kamayishi.

 

2023 yil uchun optimistik prognozlarning aksariyati 1990 yillarning oxiridan beri Rossiyadagi barcha inqirozlar ko‘proq yoki kamroq bir xil ssenariy bo‘yicha sodir bo‘lganligidan kelib chiqadi. Ammo hozirgi inqiroz boshqa xususiyatga ega.

 

Finlyandiyaning BOFIT instituti tadqiqotchisi Heli Simola buni shunday taʼriflaydi: “Rossiya iqtisodiyoti keskin pasayish o‘rniga, uzoq va og‘riqli tanazzulga yuz tutmoqda”.

 

2022 va 2023 yillar uchun YAIMning umumiy pasayishi 7-8 foizni tashkil qiladi va bundan keyin tez tiklanish bo‘lmaydi.

 

“Shu bilan birga, Rossiyada odamlar hali sanksiyalarning bevosita oqibatlarini juda kuchli his qilishmagan. Shunga qaramay, barcha ruslar ko‘p yillar davomida undan azob chekishadi”, — deydi Simola.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Iqtisodchilarning prognozi yo‘qqa chiqdi | Zamon.uz