Lavrov Zelenskiyning "tinchlik formulasini" sarob deb baholadi
RFga 4 ta yangi hudud qo‘shilmasa, Ukraina bilan kelishmaydi.

Rossiya hukumati Kiyev bilan "tinchlik formulasi" asosida muloqot qilishni rejalashtirmayapti. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy taklif qilgan konsepsiyani Rossiya TIV Sergey Lavrov sarob deb baholadi.
"Zelenskiy har xil "tinchlik formulalari"ni taklif qilish orqali G‘arb yordamida bizning harbiylarimiz Donbass, Qrim, Zaporojye va Xersondan chiqishiga va Rossi xalqaro tribunallar oldida aybor bo‘lishiga erishmoqchi. Albatta biz bunday sharoitda hech kim bilan muloqot qilmaymiz", — dedi Lavrov.
Shuningdek u Zelenskiyni "anglosakslar ko‘rsatmasi bilan" fevralda boshlangan Rossiya-Ukraina muloqotini to‘xtatishda aybladi. Uning taʼkidlashicha, muzokaralarning bir necha raundi kelishuvga erishish mumkinligini ko‘rsatgan edi.
"Tinchlik formulasi" Ukraina Prezidenti tomonidan Indoneziyadagi G20 sammitida taklif qilingan.
28-dekabr kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov to‘rtta yangi hududni RFga qo‘shilgani tan olinmasa Ukraina bilan kelishuv bo‘lmasligini eʼlon qildi.







