O'zbekiston

Ohangarondagi to‘yda kelin-kuyovning do‘stlari janjallashdi

Hozirda ular jinoyat ishiga jalb etilgan.

Ohangarondagi to‘yda kelin-kuyovning do‘stlari janjallashdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqqani aks etgan video tarqaldi. Holatga viloyat IIBB axborot xizmati izoh berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea avtomobillarga gaz quyish jarayoni yoki u yerda navbat talashgan haydovchilar bilan bog‘liq emas. Holat Ohangaron tumani “Shodmalik” mahallasida o‘tkazilgan to‘y marosimida sodir bo‘lib, xonadonga mehmon sifatida kelgan kuyovning jo‘ralari va kelinning sinfdosh do‘stlari tadbirda o‘zaro tortishib qolgan.

 

Shundan so‘ng ular to‘y bo‘layotgan xonadon yaqinida joylashgan, hozirgi kunda taʼmirlash ishlari sabab ish faoliyatida bo‘lmagan gaz quyish shoxobchasi hududiga o‘tib, bir-birlari bilan urishib janjallashgan. 

 

Hozirda janjalda ishtirok etganlarning barchasi o‘rnatilgan tartibda jinoyat ishiga jalb etilib, tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Ohangarondagi to‘yda kelin-kuyovning do‘stlari janjallashdi | Zamon.uz