Seul yaqinida yuk mashinasi va avtobus to‘qnashdi
YTH oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Seul yaqinidagi avtomagistral tunnelida yuk mashinasining avtobus bilan to‘qnashib ketishi ortidan yong‘in kelib chiqdi. Oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohat oldi.
Maʼlum qilinishicha, 20 ga yaqin odam tutundan bo‘g‘ilib qolgan va nafas olish muammolari bilan kasalxonada davolanmoqda.
Ichki ishlar vaziri Li Sang Min odamlarning hayotini saqlab qolish uchun "maksimal resurslarni yo‘naltirishga" chaqirdi.







