Ukraina yana bir shaharni ozod qilishga yaqin turibdi
Ushbu hudud Donbassning muhim industrial rayonlarini qaytarib olishda “darvoza” vazifasini o‘taydi.

Ukraina harbiylari Lugansk viloyatidagi Kremennoy shahrini qaytarib olishga yaqin turibdi. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.
O‘z navbatida Rossiya kuchlari ushbu hududdagi mudofaasini kuchaytirmoqda. Kremennoy Donbassning muhim industrial rayonlari — Severodonesk va Lisichayeskni ozod qilishda “darvoza” vazifasini o‘taydi. Ushbu shaharlar yozda Rossiya tomonidan egallab olingan edi.
“Kremennoyni qaytarib olish Ukraina kampaniyasidagi yirik shaharlarni ozod qilishdagi yana bir yirik qadam bo‘lar edi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Moskvaning shahar yaqinida mudofaani kuchay tirayotganini taʼkidlagan. Rus qo‘mondonligi bu yerdagi mudofaaga ustuvorlik berishi taxmin qilinmoqda.
Vladimir Zelenskiy 27 dekabr kuni harbiylar bilan Baxmut va Kremennoy atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan.







