Fransiya energetika vazirligi yopiladi
Bunga energiyani tejash sabab bo‘ldi.

Fransiya energetik o‘tish vaziri Anes Pane-Ryunashe elektr quvvatini tejash maqsadida idora binolarini 4 kunga yopishga qaror qildi.
Vazirlikka tegishli binolar 30-dekabrdan 2-yanvargacha ishlamaydi. Bu vaqtda binolar isitish tizimi o‘chiriladi, xodimlar esa masofadan ishlashga o‘tadi.
Fransiya energetik xavfsizlik kengashi fransuzlarni sentyabr oyidayoq elektr quvvatini qattiq tejash rejimiga o‘tishga chaqirgan edi.
Bundan tashqari, Fransiya energo tarmoqlar operatori 2023 yil yanvarida elektr energiyasi yetkazib berilishida uzilishlar bo‘lishi mumkinligini e’lon qilgan edi.







