NATO alyansga a'zo davlatni Ukrainaga qurol yetkazishga chaqirdi
Bu tinchlikka erishishning eng tezkor yo'lidir - Yens Stoltenberg.

Germaniya va boshqa NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etishlari kerak. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg aytib o'tdi.
“Bu paradoksal tuyulishi mumkin, ammo Ukrainani harbiy qoʻllab-quvvatlash tinchlikka erishishning eng tezkor yoʻlidir”,- dedi Stoltenberg.
Uning fikricha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina ustidan nazorat o‘rnatishdek maqsadiga erishmasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Shunda Ukrainaning mustaqil demokratik davlat sifatida omon qolishini ta'minlaydigan muzokaralar orqali tinch yo'l bilan hal qilish uchun zarur shart-sharoitlar paydo bo'ladi.
Stoltenberg, shuningdek, Ukrainaning Rossiyadagi harbiy obyektlariga hujumlarini mutlaqo qonuniy deb bilishini aytdi. Har bir davlat o'zini himoya qilish huquqiga ega. Ukraina ham",- dedi u.
Avvalroq NATO bosh kotibi Putin bir yil davomida tushkunlikka tushganini aytgan edi.







