O'zbekiston

O‘zbekiston — Qozog‘iston vazirlari hamkorlik "Yo‘l xaritasi"ni imzoladi

Hujjat energetika, transport, elektrotexnika va kimyo sanoati, infratuzilmaviy qurilish, mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiyaviy hamda savdo hamkorligi bo‘yicha 37 ta tadbirni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston — Qozog‘iston vazirlari hamkorlik "Yo‘l xaritasi"ni imzoladi

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘ratasida investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarini amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokara davomida maʼlum qilindi.

 

Muloqot davomida asosiy eʼtibor Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishga qaratildi.

 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan yirik kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomonidan mazkur hujjat Bosh vazir tomonidan imzolanadi.

 

Shuningdek, Jamshid Xodjayev va Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarini amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” yuzasidan kelishib oldi.

 

Hujjat energetika, transport, elektrotexnika va kimyo sanoati, infratuzilmaviy qurilish, mashinasozlik, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiyaviy va savdo hamkorligi bo‘yicha 37 ta tadbirni o‘z ichiga oladi.

 

Yo‘l xaritasi quyidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni nazarda tutadi:

 

Navoiy va Toshkent viloyatlarida fosforli va kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish (“Kazfosfat” MCHSH va “O‘zkimyosanoat” AK hamkorligida);

Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qurilayotgan umumiy quvvati 2 GVt gacha bo‘lgan uchta yangi ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining yoqilg‘i ehtiyojlarini uzoq muddatli (kamida 10 yil) Shubarko‘l konidagi ko‘mir bilan taʼminlash;

BI Group kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida uy-joy, ijtimoiy va tijorat infratuzilmasini qurish;

“Allur kompaniyalar guruhi” AJ ishtirokida Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish;

Qarag‘anda viloyatida "Artel" maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish;

Chimkent shahrida keramik plitkalar ishlab chiqarishni tashkil etish;

erta kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda meva-sabzavotlarni yetkazib berish.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston — Qozog‘iston vazirlari hamkorlik "Yo‘l xaritasi"ni imzoladi | Zamon.uz