O'zbekiston

O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi

Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ko‘ra, mamlakatning davlat qarzi bugungi kunda “moʻtadil” darajada.

O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi

 

2022-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 26,2 milliard (o‘tgan yilning mos davrida 26,3 mlrd) AQSH dollarini yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 34,1 foizni tashkil etdi.  Bu haqda Moliya vazirligi maʼlumotlariga tayanib, «Sputnik» nashri yozmoqda.

 

Davlat qarzining YAIMga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan 2022-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra 34,1 foizgacha pasaydi. Umumiy davlat qarzining 23,16 mlrd dollari tashqi va 3,07 mlrd dollari ichki qarz. 2021 yilning mos davrida davlat tashqi qarzi 23,6 mlrd dollarni va ichki qarzi 2,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.

 

Davlat tashqi qarzining 17 mlrd dollari O‘zbekiston nomidan jalb qilingan, 6,2 mlrd dollari davlat kafolati ostida olingan.

 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bugungi kunda “moʻtadil” darajada hisoblanadi.

 

2022-yilning III choragida O‘zbekistonda YAIM real o‘sish surʼati 5,8 foizni tashkil etdi. Shuningdek, yil boshidan davlat tashqi qarzi qoldig‘i 1,7 foizga kamaydi. Bunda davlat byudjeti taqchilligining moliyalashtirilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi natijasida qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi bilan birga 823 mln dollar miqdoridagi davlat tashqi qarzi so‘ndirildi.

 

2022-yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekiston nomidan umumiy qiymati 2058,9 mln AQSH dollari miqdoridagi 16 ta tashqi qarz bitimi imzolangan. Mazkur mablag‘lar energetika, aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan taʼminlash, avtomobil yo‘llarni rivojlantirish, temiryo‘l va boshqa muhim loyihalarni moliyalashtirish uchun nufuzli xalqaro moliya institutlaridan imtiyozli shartlardagi uzoq muddatli kreditlari hisobidan jalb qilingan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi | Zamon.uz