Chimyonda qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi
“O‘zgidromet” bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘lari bo‘ylab qor ko‘chishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimyon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi.
“Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.








