O'zbekiston

“Humo air” xususiylashtirildi

Uni Shveysariya kompaniyasi sotib olgan.

“Humo air” xususiylashtirildi

 

“Humo air” avikompaniyasining 100 foiz davlat ulushi sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

 

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Shveysariyaning Valleyroad Capital S.A. bilan “Humo air” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 27,2 mlrd so‘m to‘lov hamda 2023-2026-yillarda kompaniya aviaparkini rivojlantirish va mahalliy aviaqatnovlarni oshirish majburiyati bilan sotish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

 

Mazkur bitim doirasida Xaridor quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan:

 

—2026-yilgacha kompaniya tomonidan 18 dona havo kemalarini sotib olish, shu jumladan, 3 tasini 2023-yilning birinchi yarim yilligida sotib olish va parvozlarni yo‘lga qo‘yish;

—dastlabki bosqichda ichki reyslar sonini haftasiga 16 tagacha oshirish, keyingi 5 yil davomida 60 tagacha yetkazish;

—maxsus (qishloq va xalq xo‘jaligi) aviatsiyasining xizmat ko‘rsatadigan samolyotlari parkini bosqichma-bosqich yangilash;

—aviakompaniyani boshqarishga aviatsiya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilish;

—O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari orasidan aviakompaniya xodimlarining kamida 80 foizini shakllantirishni taʼminlash;

—yo‘nalishlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa aviakompaniyalari rezidentlari xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda maqbul narxlarda yangi reyslarni tashkil etish.

 

“Kompaniyani xorijiy investor tomonidan yuqoridagi rivojlantirish shartlari bilan sotib olinishi fuqaro aviatsiyasi sohasiga xususiy sektorning kirib kelishi orqali raqobat muhitini rivojlantirishga, mahalliy aviaqatnovlarga bo‘lgan talabni yumshatishga va yo‘lovchilarga maqbul narxlarda aviatashuv xizmatlarini ko‘rsatishga o‘z hissasini qo‘shadi”, — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun: Valleyroad Capital S.A. Shveysariyada 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Shveysariyada va xalqaro miqyosda yirik korxonalar va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil korporativ moliyalashtirish kompaniyasi hisoblanadi. Xorijiy investor O‘zbekistondagi faoliyatini uning 100 foiz taʼsischiligidagi “Valleyroad Capital” MCHJ tomonidan amalga oshiradi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Humo air” xususiylashtirildi | Zamon.uz