O‘zbekistonda eng qimmat va eng arzon osh qayerda sotiladi?
Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi narxlarni maʼlum qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning 2022 yil dekabr oyidagi o‘rtacha narxlarini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida bir porsiyasi 26 250 so‘mdan sotilgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 15 286 so‘mdan sotilgan.
Hududlardagi osh markazida sotilayotgan 1 porsiya palovning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘lgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 18 300 so‘m;
- Andijon viloyatida – 20 800 so‘m;
- Buxoro viloyatida – 21 300 so‘m;
- Jizzax viloyatida – 22 300 so‘m;
- Qashqadaryo viloyatida – 20 300 so‘m;
- Navoiy viloyatida – 19 500 so‘m;
- Namangan viloyatida – 15 300 so‘m;
- Samarqand viloyatida – 24 700 so‘m;
- Surxondaryo viloyatida – 20 000 so‘m;
- Sirdaryo viloyatida – 21 000 so‘m;
- Toshkent viloyatida – 21 500 so‘m;
- Farg‘ona viloyatida – 18 300 so‘m;
- Xorazm viloyatida – 21 400 so‘m;
- Toshkent shahrida – 26 300 so‘m.








