“O‘zgidromet” 1 yanvar uchun ob-havo prognozini ma’lum qildi
Bugun respublikada deyarli yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, bugun faqat Qoraqalpog‘istonda kunning ikkinchi yarmida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 3 daraja sovuq va 2 daraja iliq bo‘ladi.








