Buxoroda bulduruq hodisasi kuzatilmoqda
Bu harorat 0 darajadan past bo‘lganida sodir bo‘ladi.

Buxoroda bulduruq hodisasi kuzatildi, deya xabar bermoqda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi.
Bulduruq qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo‘lganida kuzatiladi.
Namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib, daraxt shoxlari va simyog‘ochlarga yopishib qoladi. Yaʼni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.








