Toshkentda 3 ta mashina YTHga uchradi
Shahar YHXB hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 31-dekabr kuni uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 19:00 larda Shayxontoxur tumani Sebzor ko‘chasida Nexia–1, Cobalt va Hyundai rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Cobalt avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








