O'zbekiston

Toshkentdagi 16 ta OTMda o‘qish 09:30 dan boshlanadi

Bu bo‘yicha vazirlik qarori qabul qilingan.

Toshkentdagi 16 ta OTMda o‘qish 09:30 dan boshlanadi

 

31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti o‘zgaradi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlangan.

 

Unga ko‘ra, 2023-yil 9-yanvardan 31 ta OTMlari talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

 

Bu o‘zgarish tig‘iz vaqtlarda metropolitenda yo‘lovchi oqimini maqbullashtirish bilan bog‘liq. Tegishli taʼlim muassasalarida ish grafigi maqbullashtirilgandan so‘ng tig‘iz vaqtlarda metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi. 

 

Quyidagi oliy taʼlim muassasalarida darslar 9:30 dan boshlanadi:  

– Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti; 

– Singapur menejmentni rivojlantirish instituti; 

– Puchon universiteti; 

– TMS instituti; 

–Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; 

– G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali; 

– O‘zbekiston davlat konservatoriyasi; 

– Vebster universiteti; 

– Toshkent kimyo-texnologiya instituti; 

– Toshkent farmatsevtika instituti; 

– Toshkent davlat yuridik universiteti; 

– Toshkent moliya instituti; 

– Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

– Toshkent davlat texnika universiteti;  

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti; 

– Yangi O‘zbekiston universiteti.

 

Eslatib o‘tamiz, qishki taʼtil tugab, dars jarayonlarining boshlanish sanasi 9-yanvar, dushanba kuniga to‘g‘ri keladi. 5-yanvardan esa talabalar turar joyi o‘z ishini boshlaydi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi 16 ta OTMda o‘qish 09:30 dan boshlanadi | Zamon.uz