“U hokimiyatga kelganidan beri faqat yomon narsalar sodir bo‘ldi”
Bayden yana tanqidlar ostida qoldi.

Amerikaliklar Jo Baydenni Virjiniya orollarida Yangi yil bayrami vaqtida bergan intervyusi uchun tanqid qilishdi.
Mamlakat yetakchisi kelajakka ishonch bilan qarashini aytdi, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning sodir bo‘layotgan voqealarga bergan bahosiga keskin munosabat bildirishdi.
“Men butun faoliyatim davomida Amerika haqida hech qachon bunchalik optimistik bo‘lmaganman. Biz dunyodagi eng noyob davlatmiz”, - degan Bayden.
Sharhlovchilar ta’kidlaganidek, Prezident AQSH bilan bo‘layotgan voqealarga juda ijobiy qaraydi.
“Jo Bayden Oq uyda ekan, men Qo‘shma Shtatlarning ahvoliga optimistik qaramayman. U hokimiyatga kelganidan beri faqat yomon narsalar sodir bo‘ldi”, - deya izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.
“Boshqa mamlakatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadigan odam sifatida Bayden, albatta, Amerikaga nisbatan optimistikdir”, - deb istehzo qilgan yana biri.








