Ayol arvohlardan tozalash uchun uyini yoqib yubordi
Oqibatda bir kishi zarar ko‘rgan.

AQSHning Massachusets shtatida o‘t o‘chiruvchilar alanga chiqqan uyni zo‘rg‘a asrab qolishdi. Ishga polisiya kirishgachgina yong‘inning asl sababi oydinlashdi.
Aniqlanishicha, uyga uchinchi qavatda ijarada yashovchi 45 yoshli Nikeya Rivera atayin o‘t qo‘ygan. Ayol uyda arvohlar borligini aytib, ularni yo‘qotish uchun o‘t qo‘yganini aytmoqda.
Voqeadan xabar topgan okrug prokurori suddan oldin Nikeyani ruxiy kasalxonada tekshiruvdan o‘tkazish kerakligini aytdi.
Hozircha tekshiruv natijalari qanday bo‘lishi aniq emas, ammo hokimiyat yong‘inda hech kim zarar ko‘rmaganidan xursand. Faqat bir kishi tutundan zaharlanib, shifoxonaga tushgan.







