O‘zbekistonda Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi ishlab chiqildi
Yangi kodeks 200 ta moddadan iborat.

2022-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasi eʼlon qilindi.
Mazkur kodeks umumiy va maxsus qismlarda jami 5 ta bob, 200 moddada bayon etilmoqda.
U aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
—fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini taʼminlash;
—fuqarolarga xavfsiz, samarali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni taʼminlash;
—fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish;
—aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash;
—davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Hujjat loyihasi muhokamasi 14-yanvargacha davom etadi.








