O'zbekiston

Qashqadaryoda bozorchilar “zamhokim”ni do‘pposladi

Ular bozor rahbarining mashinasiga ham zarar yetkazgan.

Qashqadaryoda bozorchilar “zamhokim”ni do‘pposladi

 

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 2-yanvar kuni bozordagi sotuvchilar janjal chiqardi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Mazkur holat Qamashi tumanining “Alisher Navoiy” MFY hududidagi “Fayz” dehqon bozori atrofida soat 10:30 larda sodir bo‘lgan. Tuman hokimining o‘rinbosari M.N. va bozor rahbari A.A.lar hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda bozor atrofiga beton ariq o‘rnatish maqsadida Obodonlashtirish bo‘limiga qarashli ekskavator mashinasini ishlatayotgan vaqtida bozorda savdo ishlari bilan shug‘ullanuvchi Q.S., B.N., T.Z. va I.A. hech bir sababsiz janjal chiqargan. 

 

Janjal vaqtida fuqarolar T.Z. va B.N. qo‘llari bilan hokim o‘rinbosari M.N.ni qasddan bir necha marotaba urib, ekskavator mashinasi oynasiga tosh otib sindirgan. Bundan tashqari, “Fayz” MCHJ rahbari A.A.ga tegishli Nexia-2 rusumli avtomashinaga zarar yetkazib, fuqarolarni faol qarshilik ko‘rsatishga jalb qilgan. 

 

Voqea joyiga Qamashi tuman IIB xodimlari chiqib, fuqarolarni tinchlantirib, jamoat tartibi saqlashga erishgan. 

 

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"