O'zbekiston

Samarqandda 31-dekabr kuni ommaviy norozilik uyushtirildimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoga viloyat IIB munosabat bildirdi.

Samarqandda 31-dekabr kuni ommaviy norozilik uyushtirildimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida ko‘p sonli aholi yig‘ilib, ommaviy norozilik uyushtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB tushuntirish berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu maʼlumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Fuqarolar 31-dekabr kuni ko‘chaga bayram tadbirlarini tomosha qilish uchun yig‘ilishgan. Tadbirlar yakunlangach, uylariga tarqalishgan.

 

Bayram tadbiri vaqtida, shuningdek, qora rangli Mercedes-Benz rusumli avtomobil egasi ham xavfli harakatlar bilan “drift” qilgan holatni ko‘rish mumkin.

 

“Ushbu shaxsni aniqlab, uning harakatlariga qonunda belgilangan tartibda huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"