Toshkentdagi Keles yo‘li qisman yopilmoqda
Ertadan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Ertaga, 4-yanvardan boshlab yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi Keles yo‘li ko‘chasining ma’lum qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ta’mirlash jarayoni yakunlanguniga qadar Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘prigidan Moyariq ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘i avtotransport vositalari harakati to‘xtatilmagan holda qisman yopiladi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.








