Yevroittifoq Xitoyga yordam taklif qildi
Materikda vaziyat og‘ir.

Yevropa Ittifoqi hukumati Xitoyga virusning yangi tarqalishiga qarshi kurashda yordam sifatida bepul COVID-19 vaksinalarini yetkazib berishni taklif qildi.
Yevropaning sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissari Stella Kiriakides o‘zining xitoylik hamkasblariga birdamlik va qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Jumladan, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ekspert yordami, shuningdek, Yevropa Ittifoqi vaksinalarini sovg‘a qilish orqali.
25-dekabr kuni COVID-19 holatlarining ko‘payishi tufayli Xitoy koronavirus bo‘yicha kundalik ma’lumotlarni chiqarishni to‘xtatdi. Hozirda 10 ta mamlakat, jumladan, Avstraliya va Kanada Xitoydan kelgan sayyohlar uchun koronavirus testini joriy qildi.








