Buxoroda bino yerto‘lasi portladi — video
Holat yuzasidan viloyat FVB maʼlumot berdi.

Viloyat FVB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 4 yanvar kuni soat taxminan 00:52 larda Buxoro shahar «Olim Xo‘jayev» MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 50/3 uyning yerto‘lasida o‘quv markaz sifatida foydalanilayotgan binoning yerto‘lasida chaqnash sodir bo‘lgan.
Natijada yerto‘ladagi 3 dona eshik romlar joyidan siljigan va 70 kvadrat metr maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan, binodan tashqaridagi yerto‘laning beton qoplamasi tushgan.
Chaqnash oqibatida jabrlangan va tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.







