Jahon

Janubiy Koreya “ko‘rinmas” dronlar ishlab chiqarishni keskin ko‘paytirmoqchi

Bunga KXDRning harakatlari sabab bo‘lgan. Shimoliy Koreya uchuvchisiz qurilmalari 26 dekabr kuni Janub havo chegarasini buzib o‘tib, Seulga uchib borgandi.

Janubiy Koreya “ko‘rinmas” dronlar ishlab chiqarishni keskin ko‘paytirmoqchi

 

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol mamlakat mudofaa vazirligiga “ko‘rinmas” dronlarni ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi. Ularni ishlab chiqarishni boshlash 2023 yilning oxiriga rejalashtirilgan.

 

Ushbu qaror Janubiy Koreyaning uchuvchisiz qurilmalarga qarshi mudofaasini tashkil qilish bo‘yicha yig‘ilishda qabul qilingan. Yig‘ilishda mudofaa vazirligi, milliy xavfsizlik boshqarmasi, Shtab boshliqlari qo‘mitasi, mudofaa ishlanmalari boshqarmasi vakillari ishtirok etgan. Yun Sok Yol mamlakat armiyasi KXDRga munosib javob qaytaradigan potensialga ega bo‘lishi lozimligini taʼkidlagan.

 

Mudofaa vazirligiga uchuvchisiz qurilmalar yordamida vazifalarni bajaradigan maxsus bo‘linma tuzish topshirilgan.

 

26 dekabr kuni Shimoliy Koreya dronlari Janub havo chegarasini buzib o‘tib, Seul yaqiniga uchib bordi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Janubiy Koreya “ko‘rinmas” dronlar ishlab chiqarishni keskin ko‘paytirmoqchi | Zamon.uz