Ko'pchilik rus tilidan voz kechmoqda, ammo bu vaqtinchalik - Alar Karis
Estoniya Prezidenti urush rus tiliga ta'sir ko'rsatmasligi kerakligini aytdi.

Estoniya Prezidenti Alar Karis Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaro fonida rus tiliga qarshi kurashish uchun asos yo‘qligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, ba'zi odamlar rus tilidan voz kechishni boshlaydilar, ammo bu vaqtinchalik hodisa.
“Til - bu vosita. Men tillarga qarshi kurashish uchun hech qanday sabab ko'rmayapman. Rus tili madaniy tildir. Va rus tilini boshqa tillarga qaraganda ertaroq o'rganishni boshlash kerak, chunki u boshqa alifboga ega va o'zlashtirish qiyinroq. Rus adabiyotiga qarshi kurashish uchun asos yo‘qligi kabi tillar bilan kurashishga ham sabab yo‘q”, — dedi Alar Karis.
“Men Ukraina tufayli rus tilida gaplashishni istamaydigan ruslarni bilaman. Ammo bu vaqtinchalik hodisa. Bugungi reaksiyaga urush sabab bo'lmoqda ", - deya qo'shimcha qildi u.
17-dekabr kuni Estoniya Taʼlim va fan vazirligi 2030-yilgacha rus maktablari va bolalar bogʻchalarini eston tilida taʼlimga oʻtkazish rejasini tasdiqladi. 2024/2025-o‘quv yiliga qadar bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablarining birinchi va to‘rtinchi sinflari eston tilida o‘qitishga o‘tadi. 2024-yil 1-avgustdan eston tilini bilish darajasi o‘qituvchilarga qo‘yiladigan malaka talablariga kiritiladi.







