Shuhrat G‘aniyev administratsiyaga o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi maʼmuriy islohotlar ortidan Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini tark etgandi.

G‘aniyev Shuxrat Madaminovich Prezidentning Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 2020 yildan Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib kelayotgandi. 2022 yilda o‘tkazilgan maʼmuriy islohotlar natijasida G‘aniyev hukumatdan ketgandi.
2011-2020 yillarda amaldor Farg‘ona viloyati hokimi bo‘lgan.







