Jahon

Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarga butun 2021 yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgani aytildi

O‘tgan yilning yanvarida mamlakatni norozilik namoyishlari qamrab olgandi. Rasmiylar bu harakatlarni davlat to‘ntarishiga urinish sifatida baholagan.

Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarga butun 2021 yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgani aytildi

 

Qozog‘istondagi 2022 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklarga butun 2021 yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu haqda respublika bosh prokurori Berik Asilov maʼlum qildi.

 

“Butun 2021 yil davomida radikal harakatlarni amalga oshirish uchun maxfiy tayyorgarlik olib borilgan. Tashkilotchilar orasida uyushgan jinoiy guruhlar bo‘lgan. Ular odamlar, qurollar to‘plagan, ratsiyalar va transport vositalarini sotib olgan. Tergov davomida kuch ishlatar tizimning alohida vakillari ularga yordam bergani aniqlandi”, – degan bosh prokuror parlamentning quyi palatasidagi chiqishida.

 

Janob Asilov yanvar voqealari davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish bo‘lganini taʼkidlagan. Shuningdek, Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimov va uning sobiq o‘rinbosari Anuar Sadikulovlarga qarshi jinoyat ishi sudga taqdim etilganini maʼlum qilgan.

 

2022 yil 2yanvar kuni Qozog‘istonga suyultirilgan gaz narxi oshirilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Bir necha kun ichida iqtisodiy talablardan siyosiy talablarga o‘tildi va mamlakatda tartibsizliklar boshlandi.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarga butun 2021 yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgani aytildi | Zamon.uz