Samarqandda Xalqaro aviatsiya forumi bo‘lib o‘tadi
Shuningdek, viloyatning turistik markazida xorijliklar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari ochiladi.

Forum joriy yilning birinchi choragida Samarqand shahrida «Aviation & Logistics Forum» II xalqaro aviatsiya forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zA.
«Samarqand viloyatining turistik-transport salohiyatidan samarali foydalanish», «Samarqand – Yangi O‘zbekistonning sayyohlik darvozalari» konsepsiyasi asosida hududni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Samarqandning turistik markazida xorijliklar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari ochiladi.
2023 yil 1 sentyabrdan boshlab axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tizimda: “Uzbus” platformasida chipta sotib olish tartibi; Avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish va monitoring qilish uchun yagona platforma yaratiladi.
2023 yil 1 fevralgacha aeroportda turistik axborot markazi tashkil etiladi.







