G20‘ning Hindistondagi sammiti Ukrainasiz o‘tadi
2022 yilda G20 sammiti Indoneziyaning Bali orolida o‘tkazildi. Unga “Katta yigirmatalik”ga kirmasada Ukraina ham taklif qilingandi.

Ukraina G20 sammitida ishtirok etishga taklif qilinmadi, dedi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Arindam Bagchi.
G20 ning navbatdagi yig‘ilishi 9-10 sentyabr kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadi.
“G20 aʼzolari va biz maxsus taklif qilishni rejalashtirayotgan davlatlar eʼlon qilindi. Menimcha, Ukraina bu ro‘yxatda yo‘q. Agar bu borada qandaydir o‘zgarishlar bo‘lsa, men albatta (bu masalaga – tahr.) qaytaman va sizni xabardor qilaman”, — deya Bagchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Hindistonning G20 raisligi noyabr oyining oxirigacha davom etadi.
Maʼlumot uchun, 2022 yilda G20 sammiti Indoneziyaning Bali orolida o‘tkazildi. Unga “Katta yigirmatalik”ga kirmasada Ukraina ham taklif qilindi







