Germaniya ham Ukrainaga Patriot tizimlarini yetkazib beradi
Dekabr oyida Qo‘shma Shtatlar xam Kiyevga havo hujumiga qarshi ushbu tizimlarni berishini eʼlon qilgandi.

Ukrainadagi harbiy harakatlar hal qiluvchi pallada turibdi. Bu haqda AQSH prezidenti Jozef Bayden maʼlum qildi.
"Ukraina urushi o‘ta muhim nuqtada turibdi. Biz ukrainaliklarga Rossiya agressiyasiga qarshi turish uchun barcha imkoniyatlarimiz bilan yordam berishimiz kerak. Rossiya tempni tushirmayapti", — degan u.
AQSH yetakchisi bir necha soat oldin Germaniya kansleri bilan Ukraina masalasini ko‘rib chiqqanini aytgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga Bradley piyodalar zirhli mashinasini yetkazib berayotganini eslatgan.
Bayden Germaniya ham Ukrainaga Patriot havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini yetkazib berishini maʼlum qilgan.







