Mas’ullarni asosiy faoliyatidan chalg‘ituvchi har qanday yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi
Toshkent shahar hokimi anomal sovuq munosabati bilan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.

Unga ko‘ra, 9-yanvardan 18-yanvargacha poytaxtdagi hokimliklarda, boshqarmalar va ularning tuman bo‘limlarida har qanday majlislar (jumladan Zoom shaklida), tadbirlar, mas’ullarni asosiy faoliyatidan chalg‘ituvchi boshqa yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlanadi.
Shuningdek, ko‘chada xizmat qilayotgan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlarini issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan ta’minlanadi.







