O‘zbekistonda ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi
Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov tashabbus bilan chiqdi.

Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov ayollarning ish kunini bir soat kech boshlab, bir soat erta tugatish taklifi bilan chiqdi.
"Bog‘chadan farzandini vaqtida olishiga vazifasi xalaqit berayotgan ayollarga ish vaqtini qisqartirish juda yaxshi, lekin bu masalaning yarmi…
Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak.
Ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o‘zgaradi.
Qolaversa, natija ko‘p ishlash emas, samarali ishlashning hosili ekanini hamma tan olmasa ham, juda yaxshi biladi", — deydi Qodirov.







