O'zbekiston

Buxorodagi "gaz zapravkalar"da 26 millard so‘mdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxorodagi "gaz zapravkalar"da 26 millard so‘mdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilindi

 

Buxoro viloyati IIBning maʼlum qilishicha, joriy yilning 5 yanvardan 6 yanvarga o‘tar kechasi ayrim metan gaz yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazilgan.

 

Xususan, “Dildora” MCHJning Vobkent tumanidagi 2 ta, «Osiyo Buxoro gaz», «Norboyev Sherzod Yunusovich» va «Grant gaz servis»MCHJlarning Buxoro shahridagi, «Real ximik» MCHJ ning Buxoro tumanidagi jami 6 ta metan quyish shoxobchalari ko‘zdan kechirilgan.

 

O‘rganish davomida, “Dildora” va «Osiyo Buxoro gaz» MCHJlarga qarashli 3 ta shoxobchalarga kelgan tabiiy gaz quvurlariga o‘rnatilgan “Avtopilot-PRO”«rusumli gaz hisoblash uskunasidagi mavjud impuls trubkasi mahkamlanganda, gaz o‘tish harakati pasayishi natijasida, haqiqatdan gaz diafragmasidan o‘tayotgan gaz hajmi sunʼiy ravishda kamaytirilgan holda ko‘rsatilishiga erishilganligi aniqlangan.

 

Natijada “Dildora” MCHJga qarashli 2 ta shoxobcha tomonidan 11,1 mlrd. so‘mlik (11.162.880 m3) hamda «Osiyo Buxoro gaz» MCHJga qarashli shoxobcha tomonidan 15,1 mlrd. so‘mlik (15.153.6003), jami 26,2 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilingan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Buxorodagi "gaz zapravkalar"da 26 millard so‘mdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilindi | Zamon.uz