Gavayi oroli vulqon changalida (video)
Kilauea vulqoni yana faollashdi.

Gavayi orollarida Kilauea vulqoni yana uyg'ondi. Hozirda undan lava va kul otilib chiqmoqda.
Dunyodagi eng katta vulqon bo'lgan Kilauea oxirgi marta 2022-yil noyabr oyida faollashgan va 9-dekabrda so'ngan edi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining aytishicha, vulqon faolligi hozircha odamlar uchun xavf tug‘dirmaydi. Аvvaliga uning otilishining xavflilik darajasi “to‘q sariq”, keyin esa “qizil”ga ko‘tarildi.







