Reznikov: Ukraina — G‘arbni himoya qilayotgan qalqon
Mamlakat mudofaa vaziri NATO missiyasini ukrainaliklar bajarayotganini iddao qilmoqda.

Ukraina Rossiya bilan nizoda NATO missiyasini bajarmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Reznikov maʼlum qildi.
"Biz bugun NATO missiyasini bajaryapmiz. Ular o‘z qonlarini to‘kmayapti, biz qon to‘kmoqdamiz. Shuning uchun ulardan qurol yetkazib berishni talab qilamiz", — degan u.
Vazirning fikricha, Kiyev butun G‘arb dunyosini himoya qilayotgan qalqondir. Reznikov, avvalroq, Shimoliy Atlantika bloki Rossiyani o‘zining asosiy tahdidi deb eʼlon qilganini eslatgan.







