AQSHda marhumlarning jasadini maydalab sotgan shaxs aniqlandi
Uning “biznes hamkori” — o‘z onasi.

AQSHning Kolorado shtatida dafn marosimlari byurosi egasi jasadlarni bo‘laklarga bo‘lib sotgani aniqlandi. Bunda unga onasi yordam bergan.
“Tovar” tibbiy tashkilotlarga yoki o‘quv muassasalariga sotib kelingan. Marhumlarning organlari ustida sinov va tajribalar o‘tkazilgan.
Aslida ular mahsulot jinoyat natijasi ekanini bilmagan. Chunki organlar soxta donorlik organi hujjatlari bilan yetkazilgan. Hujjatlarni esa jinoyatchining boshqa sherigi — Donor Services firmasi tayyorlab bergan.
Bu biznes 2010—2018 yillar davomida gullab-yashnagan. Bu davrda 550 dan ortiq jasad maydalangan.
Shu yil yanvarda ona-bolaga hukm o‘qildi. 46 yoshli Megan Xess 20 yil, uning onasi — 69 yoshli Shirli Kox esa 15 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.








