Bugun O‘zbekistonning bir qator hududlarida qor yog‘adi
Respublikada harorat -15 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

«O‘zgidromet» 9-yanvar kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushadi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.








