Eronda namoyishlarda qatnashgan ikki yigit osib o‘ldirildi
Inson huquqlari tashkiloti bunga norozilik bildirmoqda.

Erondagi norozilik namoyishlarida qatnashgan ikki yigit osib o‘ldirildi. Bu haqda "BBC" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Muhammad Mahdi Karamiy va Sayid Muhammad Husayniy ofitserni o‘ldirganlikda ayblanib, qatlga hukm qilingan. Karamiyning oilasi o‘ldirilishidan oldin u bilan ko‘rishishga ruxsat berishmaganini aytmoqda. Inson huquqlari tashkilotlari sud jarayonini qoralagan. Prokurorlarning daʼvo qilishicha, harbiylashtirilgan zobit Ruholloh Ajamian yaqinda o‘ldirilgan namoyishchiga ergashgan bir guruh namoyishchilar tomonidan o‘ldirilgan.







