Farg‘onada elektr transformator yonib ketdi
Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 8-yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida elektr transformator yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:54 da “O‘qchi” MFY hududidagi “O‘qchi” ko‘chasida joylashgan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli TP-277-sonli transformatorning ichki qismi yongan.
FVB xodimlari voqea joyiga soat 18:00 da yetib borib, yong‘inni 18:08 da to‘liq o‘chirgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yo‘q.
Yong‘inga elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan ortiqcha kuchlanish sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.








