“Tesla” jarimaga tortildi
Kompaniya mahsulotlarni yolg‘on reklama bilan sotgan.

Xabarlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada mahalliy hokimiyat “Tesla” kompaniyasini 2,852 milliard von (taxminan 2,2 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi.
Qayd etilishicha, Ilon Maskning kompaniyasi mijozlarni aldaganlikda ayblanmoqda. Taʼkidlanishicha, “Tesla” o‘z mahsulotlarini yolg‘on reklama bilan sotayotganligi, taʼriflangan xususiyatlar bo‘rttirib yuborilganligi qayd etilgan. Raqamlar diapazon, tejamkorlik, zaryadlash samaradorligi va boshqalar bo‘yicha aniq oshirib yuborilgan.







