Xitoyda amaldor o‘limga hukm qilindi
U katta miqdorda pora olgan.

Xitoyning Tayan shahri o‘rta sudi Lyaonin provinsiyasi Xalq siyosiy maslahat kengashi raisining sobiq o‘rinbosari Li Vensini 540 million yuan miqdorida pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qildi.
“Jenmin jibao” gazetasining yozishicha, hukm ikki yil kechiktirilgan holda ijro etilishi kerak. Shu bilan birga, ayblanuvchining barcha mol-mulki musodara qilinadi. Hukmda ikki yillik muddatdan so‘ng jazo yengillashtirish huquqisiz umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi qayd etilgan.
Mahalliy sud hokimiyati Li Vensining noqonuniy xatti-harakatlari mamlakat va xalq manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan, deya izoh berdi.







