Qo‘qonda mashina o‘g‘rilari paydo bo‘lgani aytildi
Holatga shahar IIB izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida mashina o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, keltirilgan holat yuzasidan Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.








