Shahzoda Garri AQSH vizasisiz qolishi mumkin
Bunga uning narkotiklar haqidagi gapi sabab bo‘ladi.

O‘z shaxsiga eʼtiborni jalb qilish yo‘lida shahzoda Garri ko‘plab sirlarni ochib tashlamoqda. Uning navbatdagi shov-shuvi Amerika eshiklarini yopishi mumkin.
Gap shundaki, shahzoda bir vaqtlar kokain va galyutsinatsiyaga olib keluvchi qo‘ziqorinlar isteʼmol qilganini tan oldi.
AQSH qonunlariga ko‘ra, mamlakat hududida bo‘lish uchun viza individual asosda beriladi. Arizachining hoziri yoki o‘tmishi viza berilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Garri yoshlikda narkotik moddalar isteʼmol qilganini o‘z memuarlarida tan olgan.
The Mirror shahzoda Garri AQSHda qaysi viza asosida yashayotgani nomaʼlumligi, ammo bu sportchi yoki sanʼatkorlarga beriladigan 3 yillik O-1 turdagi viza, degan taxminlar borligini yozmoqda. Bu esa britaniyalik tez orada vizasini uzaytirishi kerakligini anglatadi. Viza ololmasa, shahzoda mamlakatdan deportatsiya qilinishi ham mumkin.








