Toshkentda yangi avtobuslar harakatlana boshladi
MAN A22 CNG rusumli avtobuslar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi.

"Toshshahartransxizmat" AJ yangi sotib olgan 16 ta avtobuslar Toshkent shahrida harkatlanishni boshladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, MAN A22 CNG rusumli avtobuslarning:
— 4 donasi "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 28-sonli "Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi";
— 4 donasi "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 13-sonli "Izza mavzesi – Toshkent MUM";
— 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 91-sonli "Yunusobod mavzesi 15-daha – Ko‘kcha masjidi bekati";
— 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 118-sonli "Chilonzor buyum bozori – O‘zposlsavdo";
— 3 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 87-sonli "Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi";
— 3 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 88-sonli "Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf ko‘chasi" avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirildi.







