Anomal sovuqda uysizlarga qanday yordam ko‘rsatiladi?
Toshkent shahar IIB tashabbus bilan chiqdi.

Yurtimizda so‘nggi 20 yilda qayt etilmagan anomal sovuq boshlandi. Tabiiyki, hamma issiqdan boshpana izlaydi. Ammo uysiz odamlarchi? Ularning ahvoli qanday kechadi?
Toshkent shahar IIB tashabbus bilan chiqdi.
"Agar siz ko‘chada boshpanasiz qolgan fuqarolarni ko‘rsangiz Toshkent shahar IIBBning (71) 206-49-14 raqamiga yoki yaqin oradagi IIBga yoxud 102 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Toshkent shahar IIBB tomonidan ular uchun boshpana va issiq ovqat tashkillashtiriladi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan telefon raqami hozirda Toshkent shahar IIBB qoshidagi “Mehr saxovat uyi”ga tegishli emasligini maʼlum qilamiz", — deyiladi xabarda.







