Belarus Ukraina mojarosiga aralashadimi?
Pentagon bu bo‘yicha taxminlarini ochiqladi.

Pentagon Belarusning Ukraina nizosiga qo‘shilishi belgilarini ko‘rmayapti. 16 yanvardan 1 fevralga qadar Moskva va Minsk aviatsiya ishtirokida qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi.
“Biz Rossiya va Belarusning qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazmoqchiligidan xabardormiz. Shu bilan birga Belarusning nizoga qo‘shilishi belgilarini ko‘rmayapmiz”, — degan AQSH mudofaa vazirligi rasmiy vakili Patrik Rayder.
Oktyabrda Aleksandr Lukashenko Belarus armiyasining Rossiya qo‘shinlari bilan birga tuzilgan mintaqaviy harbiy kuchlar guruhiga qo‘shilishini maʼlum qilgandi. U bu bo‘yicha Vladimir Putin bilan 10 oktyabr kuni kelishuvga erishgandi.







